PF-84:»daladan dasturxongacha» tamoyili nima uchun muhim?

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan PF-84-son Farmonda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplaridan biri sifatida «daladan dasturxongacha» tamoyili belgilangan.
✅ «Daladan dasturxongacha» tamoyili mahsulot xavfsizligini ta’minlashda muhim yondashuv bo‘lib, iste’molchiga yetib keladigan mahsluotning yetishtirilishidan tortib, tayyor holatga kelgunicha kuzatuvchanlikni ta’minlanishini anglatadi.
✔️ Endilikda har bir ishlab chiqaruvchi mahsulot xavfsizligi uchun ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mas’ul hisoblanadi.
✅ Mahsulot sifati laboratoriya tahlillari, texnologik intizom, sanitariya talablari, xomashyo sifati va saqlash sharoiti bilan ta’minlanadi. Natijada iste’molchi xarid qilayotgan mahsulot bir necha bosqichli nazoratdan o‘tadi.
🛡 «Daladan dasturxongacha» tamoyili xavflarni erta aniqlash, mahsulot sifatini ta’minlash va aholiga xavfsiz oziq-ovqat yetkazib berishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv tizimidir.
Otajon Imomov, Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi yuristkonsulti



