Жамият

«Archa unsimon qurti”

Ignabargli oʻsimliklarning asosiy kushandasi «Archa unsimon qurti” (Planococcus vovae Nass.) hisoblanadi.

Morfologiyasi: “Archa unsimon qurti” Tashqi ko’rinishi ovalsimon ko’rinishda. Ustki qismi butunlay oq tutqichalar bilan qoplangan. Urgʻochilari etuk davrida qanot chiqarib uchadi va boshqa joylarga tez tarqaladi. Zararkunandaning  1-2 yoshdagi lichinkalari archaning po’sti orasida o’zidan chiqargan parsimon ekskrement tagida qishlovga ketadi. Ayniqsa archaning qalin shoxchalarida ko’plab uchraydi. Ularning tuxumlari kulay sharoitga tushganda archaning yosh shoxlarini zararlaydi. Uning kichik yoshdagilari zararlab archaning pastki tomonida ko’payadi, chunki yuqori qismida quyoshdan qochishga harakat qiladi. Unsimon qurt chiqargan ekskrementda turli zamburug’lar rivojlanadi va archani kasallanishiga olib keladi. Zararkunanda juda tez ko’payadi. Nisbiy havo namligining yuqori bo’lishi zararkunanda uchun qulay hisoblanadi. Yoz oyining o’rtasiga kelib, zararkunandalarning yalpi uchishi kuzatiladi. Urg’ochilar otalangandan so’ng yo’g’on shoxchalarga o’tib, qopcha shaklida unsimon ekskrement hosil qilib, yoz bo’yi shu qopcha ichiga tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalari shu joyning o’zida lichinka holida qishlovga ketadi. Urg’ochilarining pushtdorligi 90-220 donagachani tashkil etadi. Zararkunanda qishlash davomida ayrim vaqtlarda ham tuxumlari, ham lichinkalari qishlab qoladi. Qishlash davomidagi lichinkalarining barchasi ikkinchi yosh holida bo’ladi. Ikkinchi yosh lichinkalarining yashash davomiyligi 14-16 kungacha cho’ziladi. Uchinchi yoshda esa 18-19 kun rivojlanadi. Urg’ochi qurtlari oziqlanib bo’lgach tuxumlarini qopchalar ichiga joylab ko’yadi, bitta qopchada 210-330 donagacha tuxum bo’ladi. Tuxumlarining embrional rivojlanishi 10-12 kunni tashkil etadi, ular avlodlarining rivojlanishi deyarli bir xil.

Zarari: “Archa unsimon qurti” zararkunandasining lichinka va urg‘ochilari archaning novdalari va barglarini so‘rib zarar yetkazadi. Uning lichinka va urg‘ochilari archaning barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi, ayniqsa, barglar kuchli darajada zararlanadi.

«Archa unsimon qurti” ga qarshi kurash usullari:Agrotexnik usul: Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib, qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni o‘sha joyning o‘zida yoqish shart. Qolaversa, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish lozim; Archa unsimon” qurti tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa ko‘chatlarini boshqa joyga ko‘chirish mumkin emas. Zararkunandalar tarqalgan joy va maydonlarni aniqlash hamda ushbu hududlardan igna bargli daraxt va manzarali butalar bilan tarqalishi mumkin bo’lgan ko’chatlarni boshqa hududga yuborilishi taqiqlanadi, zararkunandalar aniqlanganda, zudlik bilan o’simliklar karantini qoidalariga va fitosanitariya talablari buzilishini bartaraf etish hamda belgilangan tartibda oldini olishga qaratilgan choralar ko’riladi.

Kimyoviy kurash choralari: zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qo‘llash yuqori samara berishini inobatga olib, kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash kerak;

Archa unsimon qurtiga qarshi kimyoviy kurashda insektitsidlardan  Ta’sir etuvchi moddasi: sipermetrin + xlorpirifos (cypermethrin + chlorpyriphos) yoki Imidakloprid + Lyambda­sigalotrin (imidacloprid + lambda­cyhalothrin) Ushbu preparatlarni birinchi ishlovi zararkunandalarning paydo bo‘lishi bilan o‘tkaziladi va butkul yo‘qolguncha har o‘n besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borilishi lozim. Shu o‘rinda shuni eslatib o‘tishimiz kerakki tumanimizda archa unsimon qurtiga qarshi proflaktik ishlov, qarshi kurash ishlari olib bormagan, kimyoviy preparatlar sepmagan tegishli tashkilotlar idoralar, klaster va fermer xo’jaliklari mavjud.  “O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi” qonunining 19-moddasiga asosan tegishli tashkilotlar idoralar, klaster va fermer xo’jaliklarining o’simlik va daraxtlarning  kasalliklari, zararkunandalariga qarshi kurash majburiyati mavjuddir. Tashkilot va idoralar, istrohat bog’lari, madaniy yodgorliklar, katta yo’l bo’ylari hamda boshqa yashil maydonlarda parvarish qilinayotgan igna bargli manzarali daraxtlar va butalarga karantindagi kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini olib bormagan tashkilotlar  MJTK ning 107-moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi to’g’risida ogoxlantiramiz.

Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi

 

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button