Жамият

Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha seminar tashkil etildi

Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tashqi karantin inspektorlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Absamatov, tashqi karantin bo‘yicha bosh mutaxassis Y. Tosboltayev hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis X. Xursandov ishtirok etib, xodimlarga 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-son Qonunning mazmun-mohiyati, ushbu qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga kiritilgan muhim yangiliklar hamda ularni amaliyotda samarali qo‘llash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, seminar davomida xodimlarning xizmat faoliyatida qat’iy rioya etilishi lozim bo‘lgan ichki me’yoriy hujjatlar, xizmat odobi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish hamda halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berilib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish har bir davlat xizmatchisining ustuvor vazifasi ekani yana bir bor ta’kidlandi.

 

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button