Surxondaryo viloyatida zararli chigirtkalar kech kuzgi kuzatuv-nazoratida

Surxondaryo viloyatida hududlarida zararli chigirtkalar tuxum qo’ygan maydonlarini aniqlash maqsadida kech kuzgi kuzatuv-nazorat ishlari olib borilmoqda
🔎 Surxondaryo viloyatida Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hodimlari tomonidan 2026-yilda chigirtkalar tarqalishi ehtimol qilingan hududlarda zararli chigirtkalarni tuxum quygan hududlarini barvaqt aniqlash va ularga qarshi kurashish maqsadida kuzgi kuzatuv va monitoring ishlari olib borilmoqda.

🦗 Ma’lumki, to‘g‘riqanotli hasharotlar — chigirtkalar va temirichaklar qishloq xo‘jaligi ekinlari va yaylovlar uchun eng xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. O‘zbekiston jahonda chigirtkalar doimiy hujum qilish xavfi mavjud bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan. Respublika hududida taxminan 150 ga yaqin chigirtka turi tarqalgan bo’lib, shulardan Surxondaryo viloyati hududlarida yaylov o’simliklariga hamda qishloq xo’jaligi ekinlariga havf to’g’diradigan asosan 4 turi tarqalgan. Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlariga eng ko’p zarar keltiruvchi marokash chigirtkasi hisoblanadi. Yaylovlar va boshqa o‘simliklarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
🧪 Surxondaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan zararli chigirtkalarga qarshi profilaktika va kurash chora-tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilib maxsus LOCUST.uz platformasiga kiritilib borilmoqda. 2025-yilda viloyatda zararli chigirtkalarga qarshi 92 160 ming gektar maydonda kimyoviy kurash ishlari olib borildi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda yaylovlarda ularning tarqalishi oldi olindi.
🚩 Hozirda mutaxassislar 2026-yilda zararli chigirtkalar tarqalishi mumkin bo‘lgan hududlarda kuzgi kuzatuv ishlarini olib bormoqda. Chigirtkalarning tuxum qo‘ygan maydonlarini aniqlash kelasi yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari va qir-adirlar, yaylovlarda keng tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
📍 Ayni damda https://locust.uz/cabinet/map Termiz, Boysun, Sherabod, Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Shurchi, Oltinsoy, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlari hamda chegaradosh hududlarda jami 96 400 gektar maydonda kuzgi kuzatuv ishlari amalga oshirish belgilangan. Hozirgi kunda yuqoridagi tumanlarda 55 255 gektar maydonda kuztuv ishlari olib borilgan. Kuzatuv ishlari jarayonida 1 metr kvadrat maydonda o’rtacha 1-14 tagacha ko‘zachalar borligi aniqlanmoqda. Mutaxassislar tomonidan kuzatuv-nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Davron Tangirov, Surxondaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati rahbari



