«Inson kapitali laboratoriyasi»

«Inson kapitali laboratoriyasi» — ushbu mediarukn doirasida xorijda yoki mahalliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib, amalda samaradorlikka erishayotgan davlat xizmatchilarining faoliyati haqida so’z boradi. Loyiha davlat xizmatida samarali faoliyat yuritayotgan kadrlarning tajribasi, amaliy natijalari va malaka oshirish tizimini ommalashtirishga qaratilgan.
Maqsad — yangicha fikrlaydigan, strategik yondashuvlarni qo‘llay oladigan va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shib kelayotgan kadrlarga maydon yaratishdir.
Rukn orqali amaliy tajriba, innovatsion g‘oyalar, islohotlar natijalari hamda inson kapitali rivojiga qaratilgan tashabbuslar yoritiladi. «Inson kapitali laboratoriyasi» — bu shunchaki rukn emas, balki zamonaviy boshqaruv samaradorligining aks-sadosidir.
Eslatib o’tamiz, loyiha xalqimiz turmush-tarzini yaxshilashga munosib hissa qo’shayotgan barcha davlat xizmatchilari uchun ochiq.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt (https://bsa.uz/)|Telegram (https://t.me/BSA_uz)|Facebook (https://www.facebook.com/BSA.pressa)|Instagram (https://www.instagram.com/bsa.uz?igsh=MTZ6M3NpMGV5YXFodg==)|You Tube (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/videos%5C)|X (https://twitter.com/argos_uz)|Aloqa (https://t.me/aloqa_bsa_bot)



