KONSTITUTSIYA KELAJAGIMIZ POYDEVORI!

Mamlakatimizdagi iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hayotdagi özgarişlar, islohatlar, bunyodkorliklar hamda xalqimiz farovonligi, tinçligining boş huquqiy asosi-Konstitutsiya hisoblanadi.
Konstitutsiyada davlat tuzilişi, davlat va jamiyat qurilişining öziga xos jihatlari, inson huquq va erkinliklari, majburiyatlari hamda eng muhim munosabatlar huquqiy jihatdan aniq qilib mustahkamlab qöyiladi. Aynan Konstitutsiyada davlatning, jamiyatning va bu orqali har bir şaxsning manfaatlariga daxldor masalalar, jumladan qonun va qonunosti hujjatlari doirasida tizimli va maqsadli hal qilib boriladi. Konstitutsiya uni qabul qilgan davlat fuqarolarining bevosita irodasini ifodalab, özida mazkur jamiyatning tafakkurini xalqning ruxini özida aks ettiradi. Mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Jamiyatning yarmidan köpini yoşlar taşkil qiladi. Ularga munosib hayot şaroiti yaratiş uçun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boşqaruv, ijtimoiy kafolatlar bölişi lozim. Bular va boşqa köpdan-köp muammolar eçimi mustahkam huquqiy poydevorni – Özbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini taqozo etadi. Aynan şuning uçun ham yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar olib borilib, 6 bölim, 27 bob hamda 155 moddadan iborat yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mamlakatimiz Boş qomusiga 16 marta özgartiş va qöşimçalar kiritilgan edi.
Yangi Konstitutsiyamizni çinakkam manoda XALQ KONSTITUTSIYASI deb ataş örinlidir. Çunki, Qomusimiz qabul qilinişni arafasida muhokamalarda olimlar, yoşlar, öqituvçilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, xorijdagi vatandoşlarimiz, umuman Vatanimiz taqdiriga befarq bölmagan yurtdoşlarimiz katta qiziqiş bilan iştirok etib, 220 mingdan ziyod öz taklif va fikr-mulohazalarini bildirişdi. Avvalambor yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb özgartiriş, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qöyişni maqsad qilgan. Xususan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortganligini körişimiz mumkin. Yangi Konstitutsiyamizda jamiyatning barça qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar bir neça karraga ortgan, öz navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir neça baravarga oşgan. Çunki, Konstitutsiya loyihasini işlab çiqişda “inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan va QOMUSIMIZ xalq ijodkorligida yaratilgan. Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan çuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini töliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoği lozim!



