ЖамиятҚишлоқ хўжалиги

Sho‘rchi tumanida dala chetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sho‘rchi tumanida dala chetlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, tuman boʻlimi fitosanitar karantin inspektorlari, agrosanoat sohasi mutaxassislari, agronomlar va fermerlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida yer resurslaridan oqilona foydalanish, dala chetlariga meva hamda manzarali daraxtlar ekish, suv resurslarini tejash va ekotizimni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy agrotexnologiyalar va innovasion usullarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida fermerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, dala chetlarini samarali foydalanish orqali hosildorlikni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Baxtiyor Toshboyev, Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi

 

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button