«Biz kim — Mulki Turon!»

Termiz arxeologiya muzeyida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. 2026-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan ushbu tadbirda Termiz shahridagi 26-maktab hamda Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari, tarixiy chiqishlar, she’riy kompozitsiyalar orqali Amir Temur siymosi, uning buyuk davlatchilik faoliyati va boy merosi keng yoritib berildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Tadbir Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlar uchun unutilmas taassurotlar ulashdi.
Sherzod Rajabov, Termiz arxeologiya muzeyi xodimi



