Жамият

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

 Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida «Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i U.Turopov boshchiligida tashkil etildi. Unda boshqarma tizimidagi xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i U.Turopov korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini, har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Xursandov tomonidan korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button